Butun Google siz uchun ishlaydi

Google hisobingizga kiring va ishlatadigan Google xizmatlaringizning barcha imkoniyatlaridan foydalaning. Hisobingiz Google xizmatlarini moslashtirish orqali koʻproq ishlar bajarish hamda istalgan joydan muhim maʼlumotlaringizga osongina kirish imkoniyatini beradi.

Sizga yordam beradi

Tizimga kirganingizda siz ishlatadigan Google xizmatlari doim birga ishlab turadi. Bunda Gmail xizmatini Google Taqvim va Google Xaritalar bilan sinxronlash kabi har kunlik vazifalaringizni faol bajarishingiz osonlashadi.

Siz uchun yaratilgan

Qaysi qurilma yoki Google xizmati ishlatishingizdan qatʼi nazar hisobingiz istalgan joyda izchil, moslashtirilgan xizmatlarni taqdim etadi.

Sizni himoyalaydi

Google hisobingiz yetakchi xavfsizlik funksiyalari bilan himoyalanadi. Bunda xavflar sizga yetib bormasidan avtomatik ravishda aniqlanadi va bloklanadi.

Yordamga tayyor

Yordamga tayyor

Chrome va YouTube kabi Google xizmatlari hisobingiz bilan kirganingizda yanada yaxshiroq ishlaydi va koʻproq ishlar bajarishingizga yordam beradi. Hisobingizda istalgan vaqt istalgan qurilmada avtomatik kiritish, moslashtirilgan tavsiyalar kabi foydali funksiyalardan foydalanishingiz mumkin.

Faqat siz uchun

Faqat siz uchun

Google hisobingiz siz ishlatadigan har bir xizmatni sizga moslashtiradi. Istalgan qurilmada hisobingizga kirib, sozlamalar, maxfiylik va personalizatsiya boshqaruvidan foydalanish mumkin.

Maʼlumotlaringizni maxfiy va xavfsiz saqlaydi

Maʼlumotlaringizni maxfiy va xavfsiz saqlaydi

Google hisobingizdagi barcha maʼlumotlarni himoyalash har qachongidan muhim hisoblanadi. Shu maqsadda har bir hisob uchun Xavfsizlik tekshiruvi va Google Parollar menejeri kabi qudratli himoya hamda vositalar yaratilgan.